14-17-iyun: 130 nafar fransuz tili o‘qituvchilari va metodistlari uchun "yozgi maktab" malaka oshirish seminari [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan 130 nafar fransuz tili o‘qituvchilari va metodistlari uchun yozgi maktab malaka oshirish seminarini tashkil etmoqda.

Mazkur loyiha Parijdagi Fransiya instituti yordami bilan hamda Bezansondagi Amaliy tilshunoslik markazi (CLA), Pedagogik tadqiqotlar xalqaro markazi (CIEP), «FormationsFle» agentligi va «Les passeurs de mots» nodavlat ta’lim tashkiloti hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha 6 nafar fransiyalik mutaxassis seminarni olib borishadi. Seminar davomida kechqurunlari turli madaniy tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Ilk bor o‘tkazilayotgan yozgi maktab Toshkent viloyatidagi Bo‘ston sanatoriyasida 14-dan 17-iyungacha 4 kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Yozgi maktab dasturi (PDF - 166 kb)

publie le 20/06/2016

hautdepage