14 nafar o‘zbekistonlik yoshlar yozni Fransiyada o‘tkazadi! [fr] [ru]

Xalqaro «Lions club de France» fransuz tili markazlari mazkur yilda 13 nafar Buxoro, Samarqand va Toshkentlik yoshlarni joriy yilning iyul oyida Fransiya bo‘ylab madaniy sayohatda ishtirok etishga taklif qildi.

O‘zbekistondan 11 nafar ishtirokchi ularning arizalariga ko‘ra bevosita xalqaro markazlar tomonidan tanlanib, qolgan ikki nafari ushbu yilda Fransiya elchixonasi tomonidan Frankofoniya bayrami doirasida «Lions Club» bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan Fransiyaga bir oylik sayohat tanlovida g‘olib bo‘lishdi.

Yosh o‘zbekistonliklar Fransiyaga butun dunyodan tashrif buyurgan 180 nafar boshqa yoshlar bilan uchrashib, ular bilan bir oy davomida o‘zlari uchun Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini kashf qilish uchun boy va turfa madaniyat dasturida ishtirok etishadi.

«Labcitoyen» tanlovi g‘olibasi Zarina Xoshimova, o‘z navbatida, Parijdagi Fransiya institutining ayni nomli dasturida 2017-yilning 1-iyuldan 9-iyulgacha bo‘lgan davrda ishtirok etadi. 9 kun mobaynida Z.Xoshimova butun dunyodan kelgan yoshlar vakillari qatorida madaniy sayohatlarda va «Shaharda inson huquqlari» mavzuidagi konferensiyalar siklida ishtirok etadi.

Har bir ishtirokchiga Fransiyaga tashriflari maroqli o‘tishini tilab qolamiz!

JPEG

publie le 04/10/2017

hautdepage