16-mart kuni Toshkentda Frankofoniya bayrami! [fr] [ru]

Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga (XFT) a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Toshkentdagi elchixona va vakolatxonalari joriy yilning 16-mart kuni birgalikda Frankofoniya bayramini nishonlashadi.

XFT bugungi kunda 84 ta davlat va hukumatni birlashtiradi: ulardan 58 tasi tashkilot a’zosi, 26 tasi kuzatuvchi hisoblanadi. Hozirda dunyoning 5 qit’asida 274 million aholi fransuz tilida muloqot qiladi.

XFT bir qator vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan: bular fransuz tilini, shuningdek, madaniyatlar va tillar xilma-xilligini targ‘ib etish, tinchlik, ta’lim-tarbiya, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, barqaror taraqqiyot yo‘lida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Frankofoniya bayrami universitetning fizika fakultetita 16-mart kuni soat 11.00 da boshlanadi. Bolgariya, Misr, Fransiya, Polsha, Chexiya, Ruminiya, Shveysariya, Ukraina elchixonalari hamda Toshkent fransuz alyansi fransuz tili o‘qituvchilari, talabalar va fransuz tili ixlosmandlaridan iborat jamoatchilik e’tiboriga o‘z ko‘rgazmalarini taqdim etishadi.

Bayram davomida Frankofoniya bayrami munosabati bilan tashkil etilgan turli tanlovlar g‘oliblari 16-mart kuni e’lon qilinadi.

Bayramimizga tashrif buyuring!

JPEG

publie le 13/03/2017

hautdepage