1992-yil 1-mart: Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalari o’rnatilgan kun [fr] [ru]

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Izabel Servoz-Galluchchi xonim:

Bugun, 1-mart kuni Fransiya va O‘zbekiston diplomatik aloqalari o‘rnatilganligining 28 yilligini nishonlamoqda.

2018-yil oktabr oyida Fransiya va O‘zbekiston prezidentlari tomonidan imzolangan kelishuvlardan so‘ng yanada chuqurlashgan Fransiya-O‘zbekiston hamkorligi va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha ikki mamlakatimiz olib borayotgan ishlarni olqishlayman. Fransiya va O‘zbekiston iqtisodiy, energetika, texnologiyalar, ta’lim va madaniyat sohalarida faol va samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun o‘zaro siyosiy ishonchni o‘rnata oldi.

Fursatdan foydalanib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yanada mustahkamlanishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlayman.

JPEG - 103.9 ko
M. Chavkat Mirziyoïev, Président de la République d’Ouzbékistan, et Mme Isabelle Servoz-Gallucci, Ambassadeur de France en Ouzbékistan
© Présidence de la République d’Ouzbékistan

publie le 03/04/2020

hautdepage