2015-YILGI CHORVACHILIK KO‘RGAZMASI

Chorvachilik sohasida eng yirik salonlardan biri hisoblanmish «Chorvadorlar sammiti»ning 24-ko‘rgazmasi 2015-yilning 7-9-oktabr kunlari Fransiyaning Klermon-Ferran shahrida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada 34 mamlakatdan keladigan 1 300 dan ortiq vakillar ishtirok etishadi, 70 turdagi 2000 bosh chorva mollari namoyish etiladi.

Ko‘rgazmaga 86 mingga yaqin kishi, jumladan 80 mamlakatdan 4 ming nafar mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda. Ko‘rgazma doirasida anjumanlar va ilmiy amaliy seminarlar, tanlovlar, chorvachilik xo‘jaliklariga ekskursiyalar, xorijlik delegatsiyalarga fransuz nasldor chorva mollari namoyishi va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etiladi.

«Chorvadorlar sammiti» fransiyalik mutaxassislarning chorvachilik va naslchilik sohasidagi mahoratini ko‘rsatib beradigan favqulotda bir ko‘rgazmadir. Ko‘rgazmada ishtirok etish shartlari borasida batafsil ma’lumotlarni va uning to‘liq dasturini tadbirning rasmiy internet sahifasidan olishingiz mumkin : http://www.sommet-elevage.fr/ru/

JPEG

publie le 02/10/2015

hautdepage