Fransiyalik tadqiqotchining Toshkentga tashrifi

2015-yil 9-10-aprel kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasida Fransiya Oliy harbiy maktabi qoshidagi Strategik tadqiqotlar instituti hamda Parij-I Sorbonna universiteti ilmiy xodimi Selin Maranje xonim Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalari va o‘qituvchi-professorlari oldida ma’ruza o‘qidi. Unda JIDU rektori Abdumalik Jumanov ham ishtirok etdi. Qator mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan o‘z fikrini bayon qilgach, S. Maranje talabalarning ko‘plab savollariga javob berdi.

JPEG

Bundan tashqari, fransiyalik mutaxassis o‘zbekistonlik hamkasblari bilan mintaqa va dunyodagi vaziyat borasida fikr almashish uchun Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi.

publie le 14/04/2015

hautdepage