2016-yil yoz oylarida fransuz tili o‘qituvchilarining Fransiyadagi pedagogik amaliyoti [fr] [ru]

O‘zbekistonlik besh nafar fransuz tili o‘qituvchisi yoz oylarida Fransiyada ikki haftalik pedagogik amaliyotlar o‘tab qaytishdi.

Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 5-maktab o‘qituvchisi Jamol Bobojonov va Bog‘ot tumanidagi 8-maktab o‘qituvchisi Hamza Bobojonovlar Atlantika sohilida joylashgan Ruayan shahridagi CAREL markazida malaka oshirishdi. Toshkent shahridagi 51-maktab o‘qituvchisi Shohista Xudoyorova va Samarqand Davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi Dilbar Nasimovalar esa Overn viloyati Vishi shahridagi CAVILAM markazida ikki haftalik jadal malaka oshirish kursini tinglashdi.

Buxoro Davlat universiteti o‘qituvchisi Malohat Jo‘rayeva bo‘lsa Tur shahridagi Turen institutida malaka oshirdi.

Safar mobaynida o‘qituvchilar amaliy darslarda ishtirok etishdi, ma’ruzalar tinglashdi, shuningdek, joylardagi diqqatga sazovor yerlarni tomosha qilishdi. Oilalarda istiqomat qilgan o‘zbekistonlik o‘qituvchilar fransuz oilaviy an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘qituvchilar 2016-yil bahor oylarida, xususan, frankofoniya bayrami doirasida o‘tkazilgan tanlovlarimiz g‘oliblari sifatida bunday imkoniyatga ega bo‘lishdi.

Bu yerda Shohista Xudoyorova, Dilbar Nasimova va Jamol Bobojonovlarning Fransiya safari esdaliklari bilan tanishishingiz mumkin.

publie le 13/09/2016

hautdepage