2017-yilgi «Goût de France / Good France» festivali [fr] [ru]

Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Goût de France / Good France» festivali 2017-yil 21-mart kuni uchinchi bor bo‘lib o‘tdi.

Taomlar to‘g‘risida, aynan, fransuz taomlari borasida so‘zlash, bu – hayot quvonchlari, erkinlik, hayotga umid bilan qarash, baxt-saodat haqida gapirishdir. Fransiya haqida gapirganda ham xuddi shu fikrlar xayolingizga keladi. Alen Dyukas

Dunyoning besh qit’asidagi 2 mingdan ortiq bosh oshpazlar fransuz oshxonasini sharaflash uchun ushbu festivalda ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda esa Cinara’s restorani shu munosabat bilan 260 kishilik shohona dasturxon tuzadi. Mehmonlar gastronomik taomlardan tatib ko‘rishdi, fransuz oshxonasining harorati, mehmondo‘stligi, ochiqligidan bahramand bo‘lishdi.

21-mart kuni Cinara’s restoranida bo‘lib o‘tgan ziyofat lazzatli ta’omlar, musiqa, xushbo‘y atirlar va tasviriy san’at namunalari bilan ushbu an’anaviy tadbirga alohida bir tarovat baxsh etdi. Natalya Musinaning go‘zallikka bo‘lgan intilishi va ta’bi, shuningdek, uning mislsiz tashkilotchilik qobiliyati ziyofat chog‘ida Bobur Ismoilov, Inna Sandler, Yuliya Drobova, Jamol Usmonov kabi rassomlar asarlarini tomosha qilish, Nodira Ziyoxonova, Anvar Rahmatullayev kabi san’atkorlar chiqishlaridan zavqlanish imkonini yaratdi.

Bu yil ham «Caravan Group» oshpazlari jamoasi Fransiya elchixonasi tomonidan taklif etilgan «Chai Nous Comme Chez Vous» restorani xo‘jayini, bosh oshpaz Loran Favye va bosh novvoy Bruno Dinel rahbarligida taomlar tayyorlashdi. Mehmonlar butun bir sivilizatsiya, tamaddun va turmush san’ati samarasi o‘laroq fransuz gastronomiyasining naqadar boyligiga, shuningdek, «Caravan» oshpazlari bu san’atni yengillik bilan egallab, amalga qo‘llay olganliklari guvohi bo‘lishdi.

Fotosuratlar: Maksad Djanguirov

publie le 04/10/2017

hautdepage