2017-yilgi yozgi maktab seminari [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilari, talabalar, metodistlar va gidlar uchun mo‘ljallangan yozgi maktab seminarini tashkil etdi.

Bo‘ston sanatoriysida o‘ziga xos muhitda bo‘lib o‘tgan ushbu yozgi maktab Fransiya elchixonasi fransuz tili o‘qituvchilari uchun har yili o‘tkazib kelayotgan seminarlar sirasiga kiradi. Bu safargi seminarda respublikaning Xorazm, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Navoiy, Qoraqalpog‘iston, Toshkent kabi turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 100 dan ortiq kishi ishtirok etdi. To‘rt kun mobaynida ertalablari turli mavzudagi modullar, tushdan keyin atelyelarda qunt-sabot bilan o‘z malakalarini oshirgan o‘qituvchilar kechqurunlari turli o‘yinlarga boy bayramona tadbirlarda maroq bilan ishtirok etib dam olishdi.

Mazkur seminarni olib borish uchun Fransiyadagi mashhur til markazlaridan fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha besh nafar mutaxassis taklif etildi. Bular: Bezanson amaliy tilshunoslik markazidan Yael Sultan va Sesil Medina, Vishidagi CAVILAM markazidan Tatyana Besori, Xalqaro pedagogik tadqiqotlar markazidan Nelli Mus, Barselonadagi Roc/FLE markazidan Paskal Biras.

publie le 18/07/2017

hautdepage