2019-yilgi Frankofoniya tanlovlari g‘oliblari [fr] [ru]

2019-yilgi Frankofoniya bayrami doirasida o‘tkazilgan tanlovlarimiz g‘oliblarini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Barcha ishtirokchilarga minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. G‘oliblarga tasanno!

Festival uchun afisha

Ushbu tanlov ishtirokchilari 2019-yil 14-16-mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston yoshlar teatrida bo‘lib o‘tgan talabalar va o‘quvchilar uchun frankofon teatr va ashula festivaliga atab afisha yaratishlari lozim edi. Tanlovda 100 dan ortiq afishalar qabul qilindi.

- 1-o‘rin: Akbar G‘afurov, Toshkent shahar 17-son o‘rta maktab 11-sinf o‘quvchisi
- 2-o‘rin: Umida Ziyadullayeva, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 3-bosqich talabasi
- 3-o‘rin: Begoyim Xolbekova, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi

Respublika miqyosida Frankofoniya diktanti

Respublika miqyosida ilk bor tashkil qilingan Frankofoniya diktanti mamlakatdagi fransuz tili mutaxassislik sifatida o‘qitiladigan O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand Davlat chet tillar instituti, Buxoro, Qarshi, Andijon, Urganch va Farg‘ona Davlat universitetlari kabi 8 ta oliy o‘quv yurtlarida, 250 dan ortiq talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Diktant uchun fransuz adibi Sharif Majdalani qalamiga mansub «Villa des Femmes» asaridan parcha tanlandi.

- 1-o‘rin: Layla Sobirova, O‘zbekiston milliy universiteti talabasi
- 2-o‘rin: Nilufar Hasanova, Farg‘ona Davlat universiteti talabasi
- 3-o‘rin: Qutlibika Masharipova, Urganch Davlat universiteti talabasi

O‘smirlar o‘rtasida Frankofoniya diktanti

Toshkent fransuz alyansida bo‘lib o‘tgan ushbu diktantda 50 dan ortiq 10-17 yoshlardagi o‘smirlar ishtirok etishdi. Quyidagi besh nafar ishtirokchi ishlari eng yaxshi deb topildi :

- 1-o‘rin: Fotima Abdumajidova, Toshkent fransuz maktabining CM2 sinfi o‘quvchisi
- 2-o‘rin: Dildora Ibragimova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi
- 3-o‘rin: Osuda Sharipova, Toshkent shahar 112-son o‘rta maktab 8-sinf o‘quvchisi
- 4-o‘rin: Donokhon Abdullayeva, Toshkent shahar 145-son o‘rta maktab 5-sinf o‘quvchisi
- 5-o‘rin: Madina Sunnatova, Toshkent shahar chet tillariga ixtisoslashgan o‘rta maktab 11-sinf o‘quvchisi

Fransiyaga bir oylik sayohat

Fransiya elchixonasi «Lions Clubs de France» xalqaro frankofon markazlari uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etgan ushbu tanlovda 30 ga yaqin talabalar ishtirok etishdi.

Tanlov ikki bosqichdan iborat edi: frankofoniyaga oid testlar bosqichidan o‘tgan 5 finalist «Lions Clubs de France» tomonidan taklif qilingan mavzu yuzasidan munozaralarda ishtirok etishdi. Hakamlar hay’ati g‘olib deb topgan ikki talaba Fransiyaga iyul oyida bir oylik sayohat uchun yo‘llanma yutib oldi.

- 1-o‘rin: Oydin Karimova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-bosqich talabasi
- 2-o‘rin: Hayitgul Abdurahmonova, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 3-bosqich talabasi
- 3-o‘rin: Yo‘ldoshbek Saidov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 3-bosqich talabasi
- 4-o‘rin: Ziyoda Fayzullayeva, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2-bosqich talabasi
- 5-o‘rin: Ibodat Jo‘raqulova, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 3-bosqich talabasi

Barcha g‘oliblarga Frankofoniya bayramida ishtirok etgan Fransiya, Shveysariya, Ruminiya, Ukraina, Gruziya, Chexiya elchixonalari tomonidan turli sovg‘alar taqdim etildi.

publie le 24/04/2019

hautdepage