21-martdan "Fransiya ta’mi / Goût de / Good France 2019" festivali sizni kutmoqda! [fr] [ru]

21-martdan boshlab navbatdagi "Fransiya ta’mi / Goût de / Good France" festivali o‘tkaziladi.

Ushbu ajoyib tadbir Fransiyaning gastronomiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, mehmonlar fransuz taomlarni tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Fransiya ta’mi / Goût de / Good France O‘zbekistonda

2019-yil 21-30-mart kunlari Toshkent, Buxoro va Jizzaxda joylashgan 7 ta restoran fransuz gastronomiyasi bo‘yicha V xalqaro festivalda ishtirok etadi.

Oldindan stol buyuring!

Toshkent:

2019-yil 21-mart: Assorti, La Cantine
2019-yil 23-mart: Banket Hall
2019-yil 30-mart: Sato

Buxoro:

2019-yil 22-mart: Old Bukhara
2019-yil 24-mart: Bukhara Tower

Jizzax:

2019-yil 23-mart: Fresh Garden

JPEG

2019-yil 21-martdan boshlab besh qit’ada joylashgan restoranlarda va Fransiyaning 150 dan ortiq elchixonalari va konsulliklarida oshpazlar "fransuz uslubdagi taomlar" ularning nazarida qanday bo‘lishini taqdim etadilar. Tadbirning boy dasturida alohida o‘rin ekologik va ijtimoiy mas’uliyatli oshxona mavzusiga bag‘ishlangan. Mehmonlar "yashil" menyu bilan tanishadilar: har bir fransuz taomlari oqshomi kamroq yog‘, shakar va tuz bilan pishirish va to‘g‘ri ovqatlanish hamda atrof-muhitga ko‘proq e’tibor berish namunasi bo‘ladi.

www.goodfrance.com saytida festivalda ishtirok etadigan barcha restoranlarning mamlakatlar bo‘yicha ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin. Har biringiz mamlakatingizda yoki hatto o‘z shahringizda bo‘lib o‘tadigan bayramni topa olasiz va ushbu festival davomida tortiq qilinadigan taomlar menyusi bilan tanishib olasiz.

"Fransiya ta’mi / Goût de / Good France" beshinchi festivali Alexandra Kusto tomonidan taqdim etiladigan "No More Plastic Foundation" ni qo‘llab-quvvatlaydi. 22-mart kuni Parijda atrof-muhit va tabiiy resurslarni saqlashga bag’ishlangan "Good Impact" mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi. Tadbirda, shuningdek, oshpazlar, olimlar va biznes rahbarlari ishtirok etadi.

Gastronomiya – Fransiyaning jozibadorligi omili

Dunyoning asosiy sayyohlik yo‘nalishi bo‘lgan Fransiya 2020-yilda chet eldan 100 million mehmon qabul qilishni va turizm daromadlarini 60 milliard yevroga ko‘tarishni maqsad qilib qo‘ygan.

Fransiyaning sayyohlik jozibadorligining eng muhim omillaridan biri uning gastronomiyasi hisoblanadi. Chet elda fransuz madaniyatini targ‘ib qilishda oshpazlik, albatta, muhim rol o‘ynaydi: sayyohlarning uchdan bir qismi aytishicha, ularning Fransiyaga kelishiga fransuz oshxonasi merosi turki bo‘lgan. Fransiya oshxonasining boyligi va o‘ziga xosligi, uning hududiy xilma-xilligi, shuningdek, Fransiya gastronomiyasining YuNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilishi, Fransiyaning dunyodagi eng mashhur sayyohlik manzili maqomini saqlab qolishiga yordam beradigan ustunliklaridir. "Fransiya ta’mi / Goût de / Good France" festivali fransuz oshpazlik san’atining boy tajribasini namoyish etadi va shu orqali xorijiy sayyohlar uchun Fransiyaning jozibadorligini yanada oshirishda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi.

JPEG

publie le 03/04/2019

hautdepage