31-may – 2-iyun: «Business France» oziq-ovqat missiyasi

Fransiya korxonalarining xalqaro miqyosda rivojlanishini muvofiqlashtiruvchi «Business France» agentligi 2016-yil 31-may-2-iyun kunlari O‘zbekistonga oziq-ovqat missiyasini tashkil qilmoqda.

«Agrominitex/Agrotexmash» ko‘rgazmasi munosabati bilan tashkil qilinayotgan ushbu missiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi rivojlangan ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat. Missiyada ishtirok etuvchi fransuz korxonalari qishloq xo‘jalik mashinasozligi, chorvachilik, meva va sabzavotchilik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatadi. Ko‘rgazma va «BtoB» formatdagi uchrashuvlardan tashqari, delegatsiya a’zolari O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati bilan tanishish maqsadida joylarga tashrif buyuradi. Shuningdek, 1-iyun kuni matbuot anjumani o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda.

Qatnashuvchi fransuz korxonalari ro‘yxati:

AGRICARB
ALLFLEX EUROPE
BONDUELLE
COOPEX MONTBELIARDE
IMV TECHNOLOGIES
KUHN
MAF RODA
MANITOU
LESAFFRE
STAR EXPORT

Fransuz korxonalari katalogini yuklab oling (PDF - 529.1 kb)

publie le 31/05/2016

hautdepage