AFTda o‘zbek matolari ko‘rgazmasining ochilishi (15-févral, soat 18.30 da) [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi, Toshkent fransuz alyansi va «Caravan group» restoranlar tarmog‘i Sizni 15-fevral kuni soat 18.30 da qo‘l dastgohida to‘qilgan o‘zbek matolari ko‘rgazmasining ochilishiga taklif etadi.

Ko‘rgazmada marg‘ilonlik usta hunarmandlarning ipak, shoyi, adras, ikat kabi matolaridan namunalarni tomosha qilishingiz mumkin. Lion shahridagi La Martinyer Didro kasb-hunar kolleji talabalari tomonidan Marg‘ilondagi Yodgorlik fabrikasi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida yaratilgan mato dizaynlari hamda o‘zbek matolaridan tikilgan uchta qirollik fraki ham ushbu ko‘rgazmadan joy olgan.

Ko‘rgazma davomida Viva Maria qandolatchiligi Belgiya shokoladlari bo‘yicha mahorat darsi ham namoyish etadi.

Manzil : Zulfiyaxonim ko‘chasi, 112-uy

JPEG

publie le 15/02/2018

hautdepage