Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro mukofot [ru]

Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro mukofot Fransiyadagi Abu Ali ibn Sino uyushmasi hamda MED 21 dasturi tomonidan ta’sis etilgan. Yevropa Ittifoqi, O‘rta yer dengizi, O‘rta Osiyo davlatlarida falsafa yoki tibbiyot sohasidagi tadqiqotlarni targ‘ibot qilishga, shuningdek, mazkur hududlarda tadqiqotchilar va olimlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga qo‘shgan hissasi uchun jismoniy va yuridik shaxslar ushbu mukofot bilan taqdirlanishadi.

Ilk bor ushbu mukofot bilan taqdirlash marosimi shu yilning 2-iyun kuni Parijdagi Tibbiyot milliy akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Bir qator taniqli arboblar ishtirok etgan marosimga sobiq Bosh vazir Jan-Pyer Raffarin raislik qildi. Mukofotlangan shaxslar quyidagilar:

- O‘zbekiston Abu Ali ibn Sino fondi, fond raisi Nozimxon Mahmudov
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
- Pyer Morel, sobiq elchi (Fransiya)
- Katrin Pujol, INALCO (Sharq tillari va madaniyatlari milliy instituti) o‘qituvchisi (Fransiya)
- Meryem Sebti, CNRS (Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi) tadqiqotchisi (Fransiya)
- Kadirjan Keskinbora, Bahcheshehir universitetida tibbiyot tarixi o‘qituvchisi (Turkiya)
- Jul Janssens, Luven universiteti o‘qituvchisi (Belgiya)

publie le 07/07/2016

hautdepage