«Agrominitex/Agrotexmash» ko‘rgazmasi ochilishi (2016-yil 31-may, Toshkent) [fr] [fr]

2016-yil 31-may kuni Fransiya elchisi Jak-Anri Els O‘zekspomarkazda «Agrominitex/Agrotexmash» ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi. Ochilish marosimi Bosh vazir o‘rinbosari U. Rozuqulov va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari Sh. Tulyaganov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda qishloq xo‘jalik mashinasozligi, chorvachilik, niholchilik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan 10 ta fransuz kompaniyasi (Agricarb, Allflex Europe, Bonduelle, Coopex Montbéliarde, IMV Technologies, KUHN, Maf Roda, Manitou, Lesaffre, Star Export) «Business France» agentligi rahbarligida Uzekspomarkaz 1-pavilyonida o‘rnatilgan Fransiya stendida taqdim etilgan. Bundan tashqari, 1-pavilyon orqasidagi hovlida KUHN kompaniyasi seyalkalari namoyish etilgan.

Yuqorida tilga olingan 10 ta kompaniyadan tashqari O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritadigan ikkita fransuz korxona Dalival (mevalar) va France Obtention (FN3PT – urug‘lik kartoshka) ham mazkur ko‘rgazmada ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmadan tashqari dasturda rasmiy muzokaralar, “B2B” formatidagi uchrashuvlar, xo‘jaliklarga tashriflar va 1-iyun kuni soat 10.00 da Atrium anjumanlar zalida fransuz korxonalarining tajribasi taqdimoti ko‘zda tutilgan. Fransiya elchisi, «Business France» agentligining Moskvadagi vakillari va fransuz kompaniyalari vakillari ishtirokida 1-iyun kuni soat 12.30 da Uzekspomarkazning Atrium zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

M. Ulugbek Rozoukoulov, Vice-Premier ministre, visite le stand France

publie le 07/06/2016

hautdepage