Akademik Palma mukofotlari bilan taqdirlash marosimi [fr] [ru]

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tavsiyasiga binoan o‘zbekistonlik to‘rt kishiga fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik aloqalariga qo‘shgan hissalari uchun Fransiya hukumati tomonidan Akademik Palma mukofoti kavaleri unvoni berildi.

Taqdirlanuvchilar quyidagilar (alfavit tartibida) :

Lola Abdushukurova, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti fransuz tili fonetikasi, fransuz tili leksikologiyasi kafedralari sobiq mudiri, filologiya fanlari nomzodi (vafotidan so‘ng).

Gulsun Nazarova, Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasida chet tillar bo‘yicha metodist.

Bahrom O‘rinboyev, Olmaliq tumani 22-son umumta’lim o‘rta maktabida hamda Olmaliq tumanidagi akademik litseyda fransuz tili o‘qituvchisi.

Rahima Shirinova, O‘zbekiston milliy universiteti fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor, «O‘zbekiston-Fransiya» do‘stlik jamiyati ijrochi direktori.

Fransiya elchisi Violen de Vilmor 27-mart kuni o‘z qarorgohida tashkil etgan marosim paytida taqdirlanuvchilarga Akademik Palma ordenlarini taqdim etdi.

Akademik Palma ordeni Fransiya yoki xorijdagi ta’lim xodimlari va ilmiy-tadqiqotchilarni o‘z sohalaridagi buyuk xizmatlarini taqdirlash uchun beriladigan Fransiya davlatining faxriy mukofotidir. Chet ellik nomzodlarni aniqlashda ularning fransuz tili va madaniyatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki yoki Fransiya va o‘z mamlakatlari o‘rtasidagi universitetlararo hamkorlik va ilmiy loyihalarda yaqindan ishtiroki inobatga olinadi. Akademik Palma mukofotining uch darajasi mavjud: kavaler, ofitser va komandor.

Cérémonie de remise des Palmes académiques
M. Bakhrom Urinboyev
Mme. Raima Shirinova
Mme Goulsoun Nazarova (au centre)

publie le 30/04/2019

hautdepage