Andijon viloyatidagi kartoshka saqlovchi sovutgichga tashrif [fr] [ru]

Fransiya elchisi Andijon viloyatida Fransiyaning Qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi (ADECIA) va Yevropa Ittifoqi ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan loyiha doirasida moliyalashtirilgan kartoshka saqlovchi yangi sovutgichni ko‘rish uchun tashrif buyurdi.

Yevropa loyihasi asosidagi sovutgich to‘rtta bo‘lmadan iborat bo‘lib, har birida haroratni mustaqil ravishda boshqarish mumkin. Bo‘lmalar urug‘larni va iste’mol uchun mo‘ljallangan kartoshkalarni saqlashga imkon beradi.

2018-yilda tuproqni tahlil qilish asosida unumdorlik va sug‘orish texnologiyalarining o‘zlashtirilishi tufayli har bir gektardan hosildorlikning oshishiga erishildi. Turli urinishlar O‘zbekiston tuprog‘iga juda yaxshi moslashgan 4 ta fransuz navini tanlab olishga imkon berdi.

2019-yilda mazkur 4 ta navni purkab sug‘orish orqali sug‘orishni boshqarishga urg‘u beriladi. Bu esa har bir gektarda suvni 50 % tejashga va samaradorlikni 80 % dan oshirishga imkon beradi.

Visite de la chambre froide de pommes de terre dans la région d'Andijan
Visite de la chambre froide de pommes de terre dans la région d'Andijan

publie le 28/11/2018

hautdepage