Andijon viloyatiga tashrif [fr] [ru]

Ta‘lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha attashe Sofi Jindt xonim Andijon Davlat universitetiga tashrif buyurib, universitet rektori janob A. Yo‘ldoshev, fransuz tili kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Rektor bilan uchrashuv chog‘ida S.Jindt Fransiya universitetlari bilan tilshunoslik sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

Andijon viloyatiga tashrifi doirasida ta‘lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha attashe Xarabek qishlog‘ida joylashgan 8-o‘rta umumta’lim maktab faoliyati bilan tanishdi. Ushbu maktabda tahsil oluvchi 445 o‘quvchidan 300 nafari 7-sinfdan boshlab fransuz tilini o‘rganadi.

Tashrif chog‘ida attashe Andijon davlat universiteti va maktab kutubxonalariga ularning fondini boyitish uchun Fransiya elchixonasi nomidan kitoblar topshirdi.

publie le 06/06/2019

hautdepage