Assystem va O‘zbekiston Energetika vazirligi hamkorligida qo‘shma korxona tashkil qilindi [fr] [ru]

2019-yilning 16-may kuni imzolangan kelishuvga asosan, Assystem kompaniyasi va O‘zbekiston energetika vazirligi 2019-yil 25-sentabr kuni qo‘shma korxona tuzish haqidagi hujjatni imzoladi. Qo‘shma korxona mamlakatning energetika sohasini rivojlantirishda ikki tomon hamkorligini amalga oshirish uchun tuzildi.

JPEG - 196.3 ko
2019-yil 25-sentabr, Toshkent. Chapdan o‘ngga : O‘zenergoinjiniring kompaniyasi rahbari Zokir Abdujabbarov va Assystem kompaniyasining operatsiyalar bo‘yicha bosh direktori Stefan Obarbiye
© Assystem

O‘zbekiston Respublikasi 2030-yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishni ikki baravarga oshirib, o‘rnatilgan umumiy quvvat miqdorini 13 dan 27 gigavatga yetkazishni ko‘zlamoqda.

Assystem kompaniyasi O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish infratuzilmasi, elektr energiyasini tashish va tarqatish tarmoqlari bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va ularni boshqarishda ishtirok etadi.

« Biz O‘zbekiston Respublikasining yangi va yuqori maqsadlarni ko‘zlagan energetik siyosatida ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz. Bu loyiha Assystem kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab, atom energiyasini rivojlantirishdan tortib, xavfsiz va karbonat gazlaridan xoli energiyani rivojlantirishgacha bo‘lgan maqsadlarining tasdig‘i hisoblanadi. Loyiha bizning mamlakatlar va operatorlarga energetik o‘zgarishlarni rivojlantirishda yordam bera olishimizni ko‘rsatadi. Bundan tashqari, loyiha bizning Yaqin Sharq va Kichik Osiyo mintaqasidagi muvaffaqiyatimizni tasdiqlaydi », - dedi Assystem kompaniyasining operatsiyalar bo‘yicha bosh direktori Stefan Obarbiye

Manba

publie le 06/11/2019

hautdepage