BMT Taraqqiyot Dasturi va xalqaro hamkorlar tomonidan tashkil etilgan ma‘muriy sudlov tizimiga bag‘ishlanagan Xalqaro konferensiyasida Fransiyaning ishtiroki. [fr] [ru]

Fransiya Davlat kengashi qoshidagi birinchi palata hisobotchi-vakillari janob Tibo Feliks va janob Charl Tubul "O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy amaliyoti: holati va rivojlanish imkoniyatlari" xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar

Ular xalqaro konferensiyada quyidagi mavzularda nutq so‘zladilar:
-  Tushunarli qonunchilik : uni soddalashtitish va targ‘ib etish borasida fransuz tajribasi ;

-  Fransiya ma‘muriy sudlov tizimi : tashkiliy tuzilmasi va vakolatlari.

Mazkur ikki nutq o‘zbek va xalqaro hamkorlar tomonidan iliq kutib olinib, ma‘muriy sudlov tizimining Fransiyada naqadar rivojlanganini ta‘kidlandi. Nutqda keltirilgan fikrlar orasida sud va ma’muriy ishlar o’rtasidagi vakolatlarni taqsimlash masalasi katta qiziqish uyg‘otdi.

17 aprel kuni Fransiya va O‘zbekiston Adliya vazirliklari o‘rtasida ma‘muriy kelishuv imzolanganidan so‘ng Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniy va texnik hamkorlik bo‘limi ikki davlat o‘rtasidagi yuridik hamkorlikning rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

publie le 18/06/2019

hautdepage