"Bizni o‘lim ajratguncha" spektaklining muvaffaqiyati [fr] [ru]

9 va 11-mart kunlari O‘zbekiston Davlat Yoshlar teatri tomoshabinlari Toshkentdga ijodiy safar uchun tashrif buyurgan fransiyalik rejissyor Natali Konio-Toven ishining mahsulini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar. Fransuz dramaturgi Rémi de Vosning "Bizni o‘lim ajratguncha" spektaklining ikki premyerasi jamoatchilik tomonidan olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Violaine de Villemor xonim, 9-mart kuni bo‘lib o‘tgan premyerada ishtirok etdi va o’z nutqida madaniyat sohasidagi hamkorlikning ikki davlat o‘rtasidagi almashinuv yo‘nalishi sifatidagi ahamiyatini ta’kidladi.

Spektakl teatr repertuaridan o‘rin olgani uning muvaffaqiyati garovidir. Keyingi spektakl 23-mart kuni soat 17:00 da namoyish etiladi.

publie le 19/03/2019

hautdepage