Bo‘stonliq tumanining ajoyib o‘quvchilari! [fr] [ru]

Til ta’lim hamkorligi attashesi ushbu yilning qishida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan 19-o‘rta maktabga tashrif buyurdi.

Mazkur maktabda 600 ga yaqin o‘quvchi ta‘lim oladi, ulardan 200 tasi 1-sinfdan 9-sinfgacha fransuz tilini o‘rganadi. Mart oyida bo‘lib o‘tgan Frankofoniya bayramida e’tiborga tushgan bu 19-o‘rta maktabning o‘quvchilari muassasaning ustozlari tomonidan tayyorlangan har xil tanlovlarda faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari, Yevropa tillar kuni doirasida bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston Yevropa tillar kuniga bag‘ishlangan videoklip» tanlovida ishtirok etgan ushbu maktab o‘quvchilari «12-15 yoshlilar» guruhida 1-o‘rin sovrindorlari bo‘lishdi.

Yana bir ularning o‘ziga xos bo‘lgan tashabbusi bu shu maktab o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan ko‘p tilli radioklubdir, radioeshittirishlar fransuz tilida ham olib boriladi. Ushbu radioloyiha tumanning maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan.

Fransuz tili o‘qituvchilari va ularning o‘quvchilariga tasanno aytgan holda ularni may oyida bo‘lib o‘tadigan talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va qo‘shiq festivalida kutib qolamiz!

publie le 30/12/2016

hautdepage