«Bojole nuvo» - 2015

Bojole sharobining yangi hosili bayrami Parijda 13-noyabrda sodir etilgan terrorchilik hujumlari munosabati bilan qoldirilgan edi. Toshkentdagi Fransiya elchisi qarorgohida ushbu bayram 4-dekabr kuni nishonlandi. Bu yil mazkur bayramga 250 dan oshiq mehmon tashrif buyurishdi va 2015-yilning yangi hosilidan, shuningdek, fransuz pishloqlari va kolbasalaridan hamda dengiz mahsulotlaridan ta’tib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bayramning muvaffaqiyatli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shgan homiylarimizga o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Bular «Les grands chais de France», «Lactalis-Président» va «Oberthur Technologies» kompaniyalari hamda Toshkentdagi «La Marée» dengiz mahsulotlari do‘koni, «Ecorn» non mahsulotlari do‘koni va «Basilic» restorani.

Bu sharob Lion yaqinida joylashgan Bojole viloyati vinochilari tomonidan o‘zgacha bir mehr bilan tayyorlanadi. Bugungi kunda Yangi Bojoleni sharaflab o‘tkaziluvchi bunday ommaviy va jo‘shqin bayram Parijdan to Tokiogacha, Nyu-Yorku Berlingacha keng nishonlanmoqda.

publie le 16/12/2015

hautdepage