«Bojole nuvo 2018» bayrami [fr] [ru]

22-noyabr kuni «Bojole nuvo 2018» bayrami «Sharob va qishloq xo‘jaligi» shiori ostida Toshkentdagi Fransiya elchisi qarorgohida nishonlandi. Ushbu bayram shu haftada Toshkentda tashkil etilgan va ularda Fransiya ishtiroki kuzatilgan ikkita yirik tadbir – Sharob festivali va «UzAgroExpo» qishloq xo‘jaligi yarmarkasini yakunladi.

Turli vazirliklar mutasaddilari, davlat tashkilotlari, diplomatik korpus, shuningdek, ishbilarmonlar, jurnalistlar hamda boshqa arboblardan iborat mehmonlar ishtirokida Fransiya elchisi Violen de Vilmor shu yilning oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parijga rasmiy tashrifi natijasida sharob ishlab chiqarish sohasida ikki tomonlama almashinuvlarning mustahkamlanganini ta’kidladi. Ushbu tashrifdan so‘ng, O‘zbekiston va Fransiya o‘zbek sharobini ishlab chiqarishni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu sohada seleksiya, ilmiy tadqiqotlar va tartibga solish instituti hisoblangan Fransiyaning uzumchilik fermerlari federatsiyasi tomonidan bir nechta bitimlar imzolandi. Ko‘pgina seminarlar tashkil etildi. Fransiyadan keltirilgan ko‘chatlarni ekish bo‘yicha tajriba loyihasi O‘zbekistonda fransuz tajribasini va texnologiyalarini tadbiq etish imkonini beradi.

Mehmonlar fransuzcha taomlar: pishloq, kolbasa mahsulotlari hamda yangi Bojole hosilidan tatib ko‘rishdi. Elchixona O‘zbekiston havo yo‘llari, Lactalis-Président va Vins Descombe kabi fransuz va o‘zbek homiylariga bayramni tashkillashtirishda o‘z saxiy hissalarini qo‘shganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi.

Fête du Beaujolais nouveau 2018
Fête du Beaujolais nouveau 2018
Fête du Beaujolais nouveau 2018
Fête du Beaujolais nouveau 2018

publie le 03/12/2018

hautdepage