«Bojole nuvo» bayrami munosabati bilan Fransiya qarorgohida qabul marosimi [fr] [ru]

Bojole sharobining yangi hosili bayrami yar yil noyabr oyining uchinchi payshanbasida nishonlanadi. Bu yil ham mazkur bayram an’anaviy tarzda Toshkentdagi Fransiya elchisi qarorgohida 17-noyabr kuni nishonlandi.

Turli vazirliklar mutasaddilari, deputatlar, diplomatik korpus, shuningdek, ishbilarmonlar, akademik va san’at doiralari vakillari hamda boshqa arboblardan iborat mehmonlarni Fransiya elchisi Violen de Vilmor bayram bilan qutlab nutq so‘zladi.

Bayram munosabati bilan qarorgohda o‘zbek rassomi Inna Sandlerning rangtasvir asarlari, xususan, rassom Parijdagi Xalqaro tasviriy san’at markazida bo‘lgan davrda yaratgan «Dada» (yog‘och otlar, manej otlari yoki o‘yinchoq otlar tasviri) deb nomlangan turkumga kiruvchi asarlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar fransuzcha taomlar: pishloq, dengiz mahsulotlari, kolbasalardan hamda yangi Bojole hosilidan tatib ko‘rishdi. O‘zbekiston havo yo‘llari, Oberthur Technologies, La Marée, Lactalis, Ecorn va San Vito Drinks kabi o‘zbekistonlik va fransiyalik homiylarimiz bayramning muvaffaqiyatli o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Va, albatta, Vins Descombes kompaniyasi sharofati bilan 2016-yilgi Bojole sharobidan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldik.

publie le 12/04/2017

hautdepage