«Bojole nuvo» bayrami munosabati bilan Fransiya qarorgohida qabul marosimi [fr] [ru]

Bojole sharobining yangi hosili bayrami yar yil noyabr oyining uchinchi payshanbasida nishonlanadi. Joriy yilning 17-noyabr kuni mazkur qadimiy bayram Toshkentdagi Fransiya elchisi qarorgohida yana bir bor nishonlandi.

Turli vazirliklar vakillari, parlament a’zolari, diplomatik korpus, shuningdek, ishbilarmonlar va jurnalistlar hamda boshqa arboblardan iborat mehmonlarni Fransiya elchisi Violen de Vilmor bayram bilan qutlab nutq so‘zladi. Elchi o‘z nutqida mazkur bayram sharob dunyosi, qilshloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, dasturxon va mehmondorchilik an’analariga bag‘ishlanganini ta’kidladi. O‘zbekiston singari, Fransiyada ham qishloq xo‘jaligi, pazandalik hamda mehmondorchilik an’analari qadimdan mavjud. Bundan tashqari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, agronomiya, meva va sabzavotlar eksporti hamda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni boshladi. Fransiya, jumladan Fransuz taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga mazkur dasturni amalga oshirishda yordam berishga tayyor.

Ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar fransuzcha taomlar: pishloq, dengiz mahsulotlari, kolbasalardan hamda yangi Bojole hosilidan tatib ko‘rishdi. Demarne, Ecorn, Lactalis, La Marée, O‘zbekiston havo yo‘llari va Vins Descombe kabi o‘zbekistonlik va fransiyalik homiylarimiz bayramning muvaffaqiyatli o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

publie le 28/11/2017

hautdepage