«Business France» delegatsiyasi tashrifi yuzasidan matbuot anjumani (Toshkent, 2016-yil 1-iyun) [fr] [fr]

«Agrominitex/Agrotexmash» ko‘rgazmasida «Business France» agentligi delegatsiyasi ishtirok etayotganligi munosabati bilan 1-iyun kuni O‘zekspomarkazda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Fransiya elchisi, «Business France» agentligining Moskva bo‘limi mutasaddilari, fransuz korxonalari vakillari hamda ko‘plab o‘zbek jurnalistlari ishtirok etishdi.

Fransiya elchisi o‘z nutqida fransuz korxonalarining O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga qiziqishi ortib borayotganligi, Fransiya taraqqiyot agentligining ushbu sohada olib borayotgan taraqqiyot dasturlari, O‘zbekistonda kelgusida Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish fransuz agentligi bo‘limi ochilishi, joriy yilning 20-iyul kuni Toshkentda navbatdagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komissiya o‘tkazilishi borasida to‘xtalib o‘tdi. Fransiya tomonidan Tashqi savdo bo‘yicha davlat kotibi Mattias Fekl mazkur komissiyada raislik qiladi. Elchi janoblari O‘zbekistondagi transport, neft, gaz va boshqa sohalardagi savdo ko‘rgazmalarida fransuz korxonalarining so‘nggi paytlarda faol ishtirok etayotganligini ham ta’kidlab o‘tdi.

«Business France» delegatsiyasi koordinatori Natalya Shtikalo jurnalistlarga agentlik faoliyati hamda O‘zbekistonga tashrifdan qanday maqsadlar ko’zda tutilganligi haqida gapirib berdi. Fransuz korxonalari O‘zbekistondagi amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi. Ishtirokchilar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Fransiya elchisi va N. Shtikalo UzReportTV telekanaliga intervyu berishdi.

Bugun tushdan keyin O‘zekspomarkazda fransuz korxonalari va o‘zbekistonlik hamkorlar o‘rtasida «BtoB» formatidagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 31-may-2-iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan «Agrominitex/Agrotexmash» ko‘rgazmasida Agricarb, Allflex Europe, Bonduelle, Coopex Montbéliarde, Dalival, France Obtention (FN3PT), IMV Technologies, KUHN, Maf Roda, Manitou, Lesaffre, Star Export kabi o‘ndan ortiq fransuz korxonalari ishtirok etmoqda.

Mme Chtykalo, coordinatrice de la mission Business France
Présentation des entreprises françaises
Entretiens en format BtoB
Interview à UzReport TV

publie le 09/06/2016

hautdepage