Business France missiyasi: samarali tashrif yakunlari [fr] [ru]

«Business France» agentligi 2016-yil 31-may-2-iyun kunlari «Agrominitex/Agrotexmash» ko‘rgazmasi munosabati bilan O‘zbekistonga tashkil qilgan oziq-ovqat missiyasi unda ishtirok etgan 12 fransuz korxonasiga manfaatli imkoniyatlar ochib berdi.

O‘zbekiston idoralari va korxonalarining faol ishtirokida o‘tgan mazkur missiya davomida Fransiya delegatsiyasi ko‘rgazmada o‘rnatilgan «Business France» stendida, «BtoB» formatdagi uchrashuvlar chog‘ida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri potensial hamkorlar ofislarida hamda Fransiya elchisi qarorgohida o‘tkazilgan qabul marosimida ko‘plab yangi aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uchinchi kuni tashkil qilingan joylarga tashriflar davomida fransuz korxonalari vakillari hozirgi kunda modernizatsiya qilinayotgan qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud imkoniyatlar haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishdi. Ushbu savdo aloqalari zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yo‘lidagi uzoq muddatli texnikaviy hamkorlik va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga bo‘lgan tomonlarning umumiy intilishidan dalolat beradi.

publie le 15/06/2016

hautdepage