Buxoro minorasining ochilishi, fransuz-o‘zbek loyihasi [fr] [ru]

Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari B. Shaxriyorov va Buxoro shahri hokimi Karim Kamolov Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim ishtirokida bo‘lib o‘tgan Buxoro minorasining ochilishida qatnashdi.

Bu investitsion va uzoq muddatli fransuz-o‘zbek hamkorligining ramziy loyihasi bo‘lib, Buxoroda turizmni rivojlantirishga qaratilgan. Loyiha o‘zbek mahsulotlari, fransuz va o‘zbek masalliqlari, fransuz oshxonasi va tajribasining qo‘llanilishiga asoslangan hamda investorlar Teunis va Catherine Uiterdjik va Suxrob Bobokalonov tomonidan amalga oshirilgan.

Ark qal’asining qarshisida joylashgan bu tarixiy suv minorasi 1927 – 1928-yillarda, Buxoro kanallari 1920-yilda buzib tashlanganidan keyin qurilgan. Minora ochilganidan so‘ng, uch kun ichida u yerga mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi va minoraning yuqorisida joylashgan tomosha maydonidan shaharni tomosha qildi. Minora ikkinchi qavatida restoran va majlislar zali, birinchi qavatda esa ko‘rgazma zali va kafeteria joylashgan.

JPEG - 162.3 ko
Inauguration de la Tour de Boukhara

publie le 23/04/2019

hautdepage