Buxoroda fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari: 25-28-aprel

Fransiya elchixonasi 25-28-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Buxoro viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda respublikaning janubiy va g‘arbiy viloyatlari fransuz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan hududiy miqyosidagi malaka oshirish seminarini tashkil etdi.

Seminarda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 43 nafar o‘qituvchi fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis Elodi Ressush rahbarligida malaka oshirishdi. Malaka oshirish instituti prorektori Bahodir Ahmedov, Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi chet tillar bo‘yicha mutaxassisi Marjona Nukarova hamda elchixonaning til hamkorligi bo‘yicha attashesi Frederik Viyyomlar seminar ochilishida ishtirok etishdi. 43 nafar trener o‘qituvchi joriy yilning noyabr oyida Elodi Ressush rahbarligida bo‘lib o‘tadigan “O‘qituvchilikdan – trenerlikka” deb nomlanuvchi seminarlar turkumining 3-qismida ham ishtirok etishadi.

Buxoro viloyatiga safari chog‘ida til hamkorligi bo‘yicha attashe G‘ijduvon tumanidagi 62-son va 63-son maktablarda, Buxoro Davlat universitetida va Buxoro muhandislik texnologiya institutida bo‘ldi. Maktablarda o‘qituvchilar bilan uchrashuvlarda o‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan tomoshalarni taqdim etishdi.

publie le 05/09/2016

hautdepage