#COP21: Parij bitimining 4 ta hal qiluvchi omili

«Bitim loyihasi farqlanadigan, adolatli, uzoq muddatga mo‘ljallangan, amaliy, muvozanatli va yuridik jihatdan qat’iydir.» Loran Fabius, COP21 Prezidenti

JPEG

Adolatli va farqlanadigan bitim

Ushbu bitim davlatlarning iqlim muammolari oldida umumiy, lekin davlatlarning qudrati va milliy muhitini e’tiborga olgan holda bir-biridan farqlanadigan mas’uliyatini e’tirof etadi.

Bitim, shuningdek, davlatlar rivojlanish darajasini va yaxshi himoyalanmagan davlatlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini ham hisobga oladi. Rivojlangan davlatlar moliyaviy majburiyatlardan tashqari zamonaviy texnologiyalarni, shuningdek, kam uglerod ishlatiluvchi iqtisodiyotni keng qo‘llanishni yo‘lga qo‘yishlari lozim.

Milliy majburiyatlarni kuzatib borish tizimi har bir ishtirokchi o‘z hissasini qay darajada bajarayotganligi haqida ochiq ma’lumot olish imkonini beradi.

Uzoq muddatga mo‘ljallangan amaliy bitim

Bitim maqsadi sayyoramiz yillik harorati oshib borishini ikki gradusdan past ushlab turish ha kelgusida bu natijani bir yarim gradusga tushirishdir.

Bu borada Parij bitimi har bir davlat har besh yilda parnik effektini beruvchi gazlarni chiqarish darajasini yanada kamaytirish uchun yangi majburiyatlar olishini ko‘zda tutadi. Har bir yangi majburiyat ilgarigisiga nisbatan kattaroq bo‘lishi lozim.

Tomonlar tez orada dunyo miqyosida parnik effektini beruvchi gazlarni chiqarish darajasining eng yuqori nuqtasiga yetish, shu tariqa asrimizning ikkinchi yarmida gazlar chiqarish va ularning o‘rni tiklanishi o‘rtasida muvozanat o‘rnatish erishilishiga kelishib olishdi. Davlatlar parnik effektini beruvchi gazlarni chiqarish darajasini kamaytirish yo‘lidagi harakatlarini kuchaytirish majburiyatini oldilar.

Jahonshumul va yuridik jihatdan qat’iy bitim

Ishtirokchi 195 davlat parnik effektini beruvchi gazlarni kamaytirish yo‘lida uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishga kelishib oldilar. Buning natijasi o‘laroq ushbu bitim iqlim buzilishiga qarshi kurash yo‘lida qabul qilingan ilk jahonshumul bitim bo‘ldi.

Bitim moddalarini amalga oshirishda rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishi singari ba’zi bir majburiyatlar yuridik jihatdan qat’iy belgilab qo‘yiladi.

Keyinchi?

2020-yil kuchga kirishi mo‘ljallanayotgan mazkur bitim 2016-yil 22-aprel kuni Nyu-Yorkda imzolash uchun davlatlar e’tiboriga havola etiladi. COP 21 qarori bitim kuchga kirishi yo‘lida bir nechta bosqichni belgilab berdi: 2018-yil milliy majburiyatlarni qaytadan ko‘rib chiqich, 2020-yilga kelib yillik moliyalashtirishni 100 million dollarga yetkazish uchun kuchlarni safarbar qilish.

Parij chaqirig‘iga allaqachon safarbarlikni boshlab yuborgan nodavlat tashkilotlar, ya’ni 800 dan ortiq korxona, investor, shahar va viloyatlar Parij bitimida ko‘zda tutilgan majburiyatlar ko‘lamini amalga oshirishga bel bog‘ladilar.

publie le 10/03/2016

hautdepage