COP21 ga start berildi: Fransiya iqlim himoyasida

Elisey saroyida 2015-yil 10-sentabr kuni COP 21 anjumanining ochilishiga 100 kun qolganligi munosabati bilan Respublika Prezidenti Fransua Olland raisligida «Fransiya iqlim himoyasida. COP 21 sari olg‘a» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

«Fransiya» jamoasining qudrati va birdamligini ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Parij iqlim anjumaniga (COP 21) tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi boshlandi.

Ushbu anjumanda xalqaro miqyosda fikrlar mushtarakligini ta’minlash va BMT hamda iqlim borasida muzokaralarda muhim mavqega ega Yevropa Ittifoqi doirasida bir bitimga kelishday katta ahamiyatga molik vazifa Fransiya zimmasiga yuklatilgan.

COP 21 anjumaniga raislik qiluvchi Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri 400 ga yaqin mehmon taklif etilgan ushbu yig‘ilishda so‘zga chiqib, ishtirokchilar savollariga javob berdi. Yig‘ilishda Burje majmuasining ilk tasvirlari ko‘rib chiqildi va COP 21 ga bag‘ishlangan pochta markalari namoyish qilindi.

publie le 06/01/2016

hautdepage