«Charlie Hebdo» haftaligi muharririyatiga tajovuz

7-yanvar kuni «Charlie Hebdo» haftaligi muharririyatiga uyushtirilgan tajovuz natijasi o‘laroq kamida 12 kishi qurbon bo‘ldi. Shu munosabat bilan tajovuz yuz bergan joyga tashrif buyurgan Fransiya Respublikasi Prezidenti Fransua Olland ushbu voqeani favqulodda johilona xatti-harakat deb atadi.

Fransiya Prezidenti Il-de-Frans viloyatida aksilterror «Vigipirate» rejasining eng yuqori darajaga ko‘tarilishini e’lon qildi.

«Hech qachon hech qanday vahshiyona xatti-harakatlar matbuot erkinligini bo‘g‘ib qo‘ya olmaydi. Biz bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan yaxlit bir davlatmiz», deb bayonot berdi Fransua Olland.

Fransiya Respublikasi Prezidentining umummilliy motam to‘g‘risidagi qaroriga binoan 8-10-yanvar kunlari elchixona bayroqlari tushirilgan holatda bo‘ladi.

Prezidentning 7-yanvar kuni soat 20-00 da qilgan nutqini quyidagi manzilda rus tilida o‘qishingiz mumkin.

publie le 21/01/2015

hautdepage