“Chorvoq” erkin sayyohlik zonasini loyihalashtirish [fr] [ru]

Fransiyaning turizm sohasidagi Orex Loisirs, la Compagnie des Alpes, Geode, Egis, Epode va Patriarche kompaniyalaridan iborat konsorsiumi 21-noyabr, chorshanba kuni Fransiya Elchisi ishtirokida Toshkent viloyati hokimiyati bilan bitim imzoladi.

Mazkur bitim Fransiya hukumati tomonidan “Chorvoq” erkin sayyohlik zonasini loyihalashtirish bo‘yicha mablag‘ ajratilganidan so‘ng imzolandi. Konsorsium ishchi guruhi hududni dastlabki o‘rganish ishlarini boshladi.

Konsorsium ishchi guruhi Chorvoq ko‘li atrofida yozgi va qishki sport turlari, akvaparklar, ekoturizm, alpinizmni rivojlantirish maqsadida dam olish joylari joylashadigan hududlarni aniqlaydi. Ko‘l ifloslanishi va manzara buzilishining oldini olish uchun konsorsium shaharsozlikning mavjud bir nechta turli modellarini (qurilish qoidalari, kanalizatsiya quvurlarining bog‘lanish sharoitlari, yer ostidan foydalanish) taklif qiladi va atrof-mihit sifatiga ta’sir qilmagan holda samaradorlikni ta’minlovchi sayyohlar oqimi uchun zarur infratuzilmaning (kanalizatsiya, avtomobil va temir yo‘llar, energiya va hk.) darajasi va xarajatlarini hisoblab chiqadi.

O‘z navbatida, Fransiya taraqqiyot agentligi Chorvoq to‘g‘onining integratsiyalashgan boshqaruvi bo‘yicha o‘z takliflarini bergan. Bu takliflar suvdan turizm, qishloq xo‘jaligi va elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalanishni optimallashtirishga imkon beradi.

Après la signature avec le khokim de la région de Tachkent
Après la signature avec le khokim de la région de Tachkent

publie le 06/12/2018

hautdepage