Qishloq xo‘jaligi sohasida akademik hamkorlik: O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga safari [fr] [ru]

Samarqand Davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, ushbu universitet xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Muxtor Nosirov hamda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti prorektori Ravshan Davlatovlardan iborat delegatsiya 19-iyun kuni Kampus Frans tomonidan Parijdagi «AgroParisTech» institutida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi va agronomiya sohasidagi ta’lim dasturlariga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etdi. O‘zbek delegatsiyasiga elchixona akademik hamkorlik attashesi Sofi Jindt hamrohlik qildi.

Anjumanni Kampus Frans agentligi geografik muvofiqlashtiruv boshqarmasi boshlig‘i Olivye Shish-Portish, Fransiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqatlar vazirligi ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elizabet Leskoat ochib berishdi.

Qishloq xo‘jaligi va biologiya fanlari bo‘yicha Fransiyada ta’lim dasturlarini targ‘ib qilishga hamda Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Moldaviya, O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina oliy ta’lim muassasalari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan bunday tadbir Kampus Frans tajribasida ilk bor o‘tkazildi. Anjumanda 8 mamlakatdagi 50 ta ta’lim muassasasidan 85 nafar vakil ishtirok etishdi. Ularning 15 tasi fransuz ta’lim muassasalari edi.

Fransiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqida 1-o‘rinda turadi. Undan keyin Germaniya, Italiya va Ispaniyalar keladi. Fransiyadagi 500 mingdan ortiq fermer xo‘jaligida bir milliondan ortiq dehqon mehnat qiladi. Fransiya qishloq xo‘jaligi bo‘yicha eng ilg‘or mamlakatlardan biri ekanligi bu sohadagi fransuz ta’lim muassasalari boshqalar bilan baham ko‘rishga arzirli kattagina tajribaga egaligini ko‘rsatadi.

Anjumanga taklif qilingan mamlakatlar so‘nggi yillarda sohada anchagina rivojlanib bormoqdalar. Mamlakatlarimiz orasida allaqachon yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik rishtalari, ayniqsa, kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida yanada kuchaytirilishi e’tiborga molik.

Anjumanda qatnashgan fransuz delegatsiyasi milliy kadrlar tayyorlash tizimining barcha jabhalarini o‘zida mujassamlashtirdi: davlat va xususiy ta’lim muassasalari, xususiy o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari.

Qisqa muddatli ta’lim kurslaridan tortib injenerlik maktablarigacha va ilmiy-tadqiqot markazlarigacha barcha muassasalarda tajriba va innovatsiyalarga tayangan holda ta’limning olib borilishi qishloq xo‘jaligi va biologiya fanlari sohasi strategik ahamiyatga egaligini va bu sohada talabalar mobilligini rivojlantirish muhimligini ko‘rsatadi. Kampus Frans agentligi bu sohadagi fransuz ta’lim dasturlarini chet ellik talabalar o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida yangi vositalar ishlab chiqdi.

Fursatdan foydalanib, o‘zbek delegatsiyasi akademik aloqalar doirasida Puatye universiteti, Ron-Alp oliy qishloq xo‘jaligi instituti (ISARA Lyon), Sorbonna universiteti kabi boshqa hamkorlar bilan ham uchrashib, muzokaralar olib bordi.

Journée régionale pour la coopération dans les formations en Agriculture et Agronomie, Paris
Participants à la Journée régionale pour la coopération dans les formations en Agriculture et Agronomie, Paris

publie le 31/08/2018

hautdepage