DELF-DALF imtihonlariga yoziling! [fr] [ru]

Fransuz tilidan o‘z bilimlarini tasdiqlovchi diplomga ega bo‘lishni istovchilar diqqatiga !

Toshkent fransuz alyansi (AFT) va Fransiya elchixonasi DELF-DALF imtihonlarini o‘tkazadi. DELF – A1, A2, B1 va B2 darajalari uchun, DALF – C1 va C2 darajalari uchun fransuz tili diplomi.

Imtihonlar Toshkent fransuz alyansida 29-31-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Imtihon topshirish uchun 26-apreldan 6-maygacha Toshkent fransuz alyansida yozilishingiz mumkin.

AFT kun tartibi: dushanbadan jumagacha soat 10.00 dan 18.00 gacha, shanba soat 14.00 dan 18.00 gacha. Yakshanba dam olish kuni. O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat olib oling.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun AFT telefoni : +998 71 244 94 08/09

publie le 01/05/2017

hautdepage