Davlat boshqaruv akademiyasida «Davlat, huquq, hududlar» mavzusidagi seminar [fr] [ru]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida 9-14-mart kunlari bo‘lib o‘tgan «Davlat, huquq, hududlar» mavzusida seminarda oliy darajadagi fransuz yuristlari ishtirok etishdi. Ular: Lion hududiy boshqaruv instituti direktori Pyer-Anri Vrey, Val-de-Marn hokimiyati ijtimoiy integratsiya boshqarmasi direktori Bernar Zahra, Davlat Kengashi xodimi Toma Odino, Davlat Kengashi sudda ishni ko‘rish bo‘limi referenti Katrin Bobo va Parij hokimiyati xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Jan-Iv Kamyu.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida tashkil etilgan ushbu seminarni 9-mart kuni Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim va Akademiya rektori Mannon Aliyevlar ochib berishdi. Seminarni o‘tkazishdan maqsad hududiy boshqaruv borasida Fransiya tajribasi bilan o‘rtoqlashish, mintaqaviy va institutsional huquq bo‘yicha Fransiya modelini, markaziy va hududiy boshqaruv o‘rtasida munosabatlar, hukumat va fuqarolar munosabatlarni tasvirlab berishdan iboratdir.

Seminardagi ma’ruzalar hududiy boshqaruv muammolari va tamoyillarini, shuningdek, hududiy hokimiyat uslublari va vositalarini yoritib beradi.

Ushbu 4 kunlik seminar fransuz va o‘zbek mutaxassislariga o‘zaro muloqotda bo‘lish, tajriba almashish imkonini berdi. Muloqotlar samarasi o‘laroq O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Davlat boshqaruv akademiyasi o‘quv dasturlari yuzasidan turli tavsiyalar berilishi, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasida bardavom institutsional hamkorlik o‘rnatilishi uchun sharoitlar yaratilishi kutilmoqda.

publie le 15/03/2017

hautdepage