Dunyo davlatlari tomonidan COP 21 anjumaniga taqdim etilgan milliy hissalar xaritasi

COP 21 anjumaniga 50 kundan kam muddat qoldi. Bugunga kelib 149 ta davlat iqlim o‘zgarishlari oqibatlarining oldini olish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘yishi lozim bo‘lgan va amalga oshira oladigan milliy hissalarini (INDC) taqdim etdi. Bu milliy hissalar parnik effekti gazlarining 87 foyizidan ortig‘ini qoplab oladi. Butun dunyo miqyosidagi ushbu misli ko‘rilmagan safarbarlik Parij shahrida imzolanishi ko‘zda tutilayotgan iqlim to‘g‘risidagi xalqaro bitim yo‘lida bashariyat hammaslakligini ko‘rsatadi. Ayni damda mazkur milliy hissalarni umumlashtiruvchi va ishtirokchi davlatlar umumiy kuchini ko‘rsatuvchi hujjat tayyorlanmoqda. Mazkur hujjat oy oxirida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tomonlar konferensiyasi kotibiyati tomonidan namoyish etiladi.

publie le 06/01/2016

hautdepage