E’lon: Iqlim 2015 Parij anjumani bo‘yicha Fransiya elchisi Kensi xonim ma’ruzasi

Iqlim o‘zgarishlari muammolari yechimlariga bag‘ishlangan COP 21 anjumani arafasida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkent fransuz alyansi (AFT) sizni Fransiya elchisi Beranjer Kensi xonimning «Iqlim o‘zgarishi muammolari va Iqlim 2015 Parij anjumani (COP 21) » mavzusida ma’ruzasiga taklif etadi. Elchi xonim ma’ruzasidan keyin Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) Toshkent bo‘limi direktori Rafael Jozan Agentlikning iqlimni himoyasi yo‘lida amalga oshirayotgan loyihalari bilan tanishtiradi.

Ma’ruza 16-oktabr kuni soat 18:30 da Toshkent fransuz alyansida (Zulfiyaxonim ko‘chasi 112) bo‘ladi. Ma’ruza tili fransuzcha, rus tiliga tarjima qilinadi. Ma’ruzaga kirish bepul, joylar soni cheklangan. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun tel. : 244 94 08 (AFT), 233 53 82 (Elchixona)

publie le 09/10/2015

hautdepage