Eyfel stipendiyasiga hujjatlar qabuli boshlandi [fr] [ru]

Iqtidorli talabalar uchun Eyfel stipendiyasiga hujjatlar qabuli boshlandi. Ushbu stipendiya uchun hujjatlar 2018-yil 12-yanvargacha qabul qilinadi.

Stipendiya magistratura yoki doktoranturani Fransiya oliy o‘quv yurtlarida davom ettirishni istagan chet ellik iqtidorli talabarlar uchun mo‘ljallangan. Bunda ta’lim tilini fransuz yoki ingliz tilida tanlash mumkin. Eyfel stipendiyasi huquqshunoslik, iqtisodiyot, boshqaruv, siyosiy fanlar yoki injenerlik fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha beriladi.

Stipendiya uchun hujjat topshirish qoidalari Campus France saytida berilgan.

8-noyabrdan boshlab chorshanba kunlari soat 15.30-17.30 da Fransiyada ta’lim olish, hujjatlar to‘plash borasida savollaringizga javob olish uchun Toshkent Fransuz alyansida joylashgan Kampus Frans O‘zbekiston bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

publie le 26/10/2017

hautdepage