FRANSIYA RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VA XALQARO TARAQQIYOT VAZIRI JAN-MARK EYRONING BAYONOTI [fr] [ru]

FRANSIYA RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VA XALQARO TARAQQIYOT VAZIRI JAN-MARK EYRONING BAYONOTI

Parij shahri, 2017-yil 29-mart

FRANSIYA VA O‘RTA OSIYO DAVLATLARI O‘RTASIDA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR O‘RNATILGANLIGINING 25 YILLIGI

Fransiya bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan bugun Parij shahrida O‘rta Osiyo davlatlaridan kelgan hamkasblarimni qabul qildim.
Bunday tarkibdagi uchrashuv ilk bor bo‘lib o‘tmoqda. Ayni tarzda mazkur mintaqa bilan muloqotlarimizning yangi bosqichini boshlashni niyat qildik.
Shu munosabati bilan ushbu beshta O‘rta Osiyo davlatlaridan har birining mustaqilligi, xafsizligi va farovonligiga Fransiyaning xayrixohligini yana bir bor izhor qildim.
Biz hozirgi kunda xalqaro miqyosdagi katta ahamiyat kasb etuvchi muammolar yechimini topish, jumladan, hozirgi beqaror muhitda terrorizmga qarshi kurash borasida fikr almashdik.
O‘tgan 25 yil davomida Fransiya ushbu davlatlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.
Fransiya ushbu beshta davlatning har birida o‘z elchixonasiga ega bo‘lgan Yevropa Ittifoqidagi ikki mamalakatdan biridir va ular bilan barcha sohalarda, jumladan, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida muloqot va hamkorlikni davom ettirishni o‘z oldiga niyat qilib olgan. Fransiya avvalgiday islohotlarga intilish, tarkibiy tuzilmalarini zamonaviylashtirish, huquqiy davlatni mustahkamlash va iqtisodiyotning xilma-xilligini ta’minlash kabi jarayonlarda o‘z hamkorlarini qo‘llab-quvatlashda davom etadi.

publie le 04/10/2017

hautdepage