Fanlar akademiyasi prezidenti bilan uchrashuv [fr] [ru]

Fransiya elchisi Jak-Anri Els 30-iyun kuni arxeologiya va ilm-fan sohasidagi hamkorlik munosabatlarining bugungi ahvoli to‘g‘risida suhbatlashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akadamiyasi prezidenti Shavkat Solihov bilan uchrashdi.

Tomonlar arxeologiya sohasidagi hamkorlikning a’lo darajada olib borilayotganligini qayd etishdi hamda uning istiqbollari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi. Kelgusida Surxondaryo viloyatida yangi qazishmalar obyekti ochiladi, 2019-yilda Luvr muzeyida O‘zbekiston arxeologiyasi mavzusidagi ko‘rgazma tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Tashqi ishlari va xalqaro taraqqiyot vazirligi har yili dunyo bo‘ylab 130 dan ortiq fransuz arxeologik missiyalarini moliyalashtiradi. Ulardan to‘rttasi O‘zbekistonda Arxeologiya instituti bilan hamkorlikda qazishmalar olib boradi.

Shavkat Solihov biotexnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiyalar sohasida ham hamkorlik qilishni taklif qildi.

JPEG

publie le 28/07/2016

hautdepage