Farg‘ona viloyatidagi boshlang‘ich sinflar fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari [fr] [ru]

Ta’lim sohasidagi loyihalari doirasida Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘limi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda Farg‘ona viloyatidagi boshlang‘ich sinflar fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminarini tashkil etdi.

Ushbu seminar Farg‘ona shahar 3-son fransuz tiliga ixtisoslashgan umumtaʼlim oʻrta maktabida 5-8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. 60 nafardan oshiq fransuz tili o‘qituvchilari ishtirok etgan seminarni Monpelye shahridagi «Accent Français» til markazidan tashrif buyurgan fransuz tilini oʻqitish metodikasi boʻyicha mutaxassis Kler Alberjel olib bordi.
JPEG
Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga guvohnomalar topshirildi.
JPEG

publie le 09/11/2018

hautdepage