Feruz Qoraboevga ofarin! [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi til va ta’lim hamkorligi attashesi Frederik Viyom xonim «Et en en plus, je parle français!» mavzusida o’tkazilgan xalqaro fototanlov maxsus sovrini g’olibi Feruz Qoraboevga Parijdagi Fransuz instituti tomonidan yuborilgan planshetni taqdim etdi. Planshetda fransuz tilini mustaqil o’rganishga mo’ljallangan dastur o’rnatilgan.

Iyul oyidan Feruz Qoraboev rasmi Parijdagi Ruassi va Orli aeroportlarida namoyish etilmoqda.

Shu o’rinda Bo’stonliq tumanidagi 19-son o’rta maktab fransuz tili o’qituvchisi Elyor Ukkievga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Elyor o’z hamkasblari, o’quvchilarini mazkur fototanlovda faol ishtirok etishga targ’ib etdi (www.etenplusjeparlefrancais.com).

publie le 14/08/2017

hautdepage