Food Festival 2017 [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi bu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining milliy taomlar festivalida ishtirok etdi. Mazkur festival 15 yildan buyon otkazilib kelinadi.

Tashrif buyuruvchilar Fransiya elchixonasi stendida kish, turli piroglar, kolbasa, pishloq, makaron pishiriqlari, sovuq sho‘rva, quymoq, biskvit, fua-gras, shukrut (Alzas viloyati milliy taomi, achitilgan karam, sosiska, kartoshka va ziravorlar tayyorlanadi) kabi fransuz oshxonasi taomlaridan tatib ko‘rishdi.

Kunning issiqligini inobatga olib, xaridorlarga Fransiyaning janubiy viloyatlari, dengiz orti hududlariga xos salqin ichimliklar, sharob, pastis, shuningdek, punsh ichimligi taklif etildi.

Tashrif buyurganingiz uchun sizga minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

publie le 23/05/2017

hautdepage