«France 2» telekanalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan reportaji

«France 2» telekanalining bir guruh ijodkorlari joriy yilning may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan maqsad Buyuk ipak yo‘liga bag‘ishlangan reportajlar turkumining so‘nggi qismini suratga olish edi.

Mazkur reportaj 5-may kuni soat 13.00 dagi axborot dasturi chog‘ida namoyish etildi va u teletomoshabinlarni Samarqand va Buxoro bo‘ylab sayohatga chorladi. Fransiyadagi millionlab tomoshabinlar qatori ushbu ajoyib reportajni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, bu havolaga o‘ting: www.francetvinfo.fr/monde/asie/feuilleton-decouverte-de-la-cite-bleue-du-desert_938021.html

JPEG

«France 2» telekanali 3-avgust kuni soat 20-00 dagi yangiliklar paytida Buyuk ipak yo‘li bosqichlariga bag‘ishlangan reportajlar turkumining yangi seriyasini teletomoshabinlar e’tiboriga taqdim etdi. Samarqand shahrida tayyorlangan mazkur reportaj Fransiya milliy telekanali tomonidan suratga olingan. Reportajni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: www.francetvinfo.fr/decouverte/ouzbekistan-a-la-decouverte-de-samarcande_1027667.html

publie le 05/08/2015

hautdepage