Frankofon teatr festivali [fr] [ru]

Fransuz tili o‘qituvchisi bo‘lsangiz va o‘quvchilaringiz bilan teatrga qiziqsangiz, bizning frankofon teatr festivalimizda ishtirok eting.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri bilan hamkorlikda, 12-13-may kunlari Frankofon teatr festivalini tashkil etadi.

Festivalda fransuz tilini o‘rganayotgan maktab, kollej va litsey o‘quvchilari hamda talabalar, shuningdek, til markazlari o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Bunda hech qanday til bilish darajasi talab qilinmaydi.

Quyida festival qoidalari bilan tanishing va kerakli hujjatlarni 10 aprelga qadar bizga jo‘nating.

Festival qoidalari

Qatnashish varaqasi

JPEG

publie le 09/03/2023

hautdepage