Frankofoniya-2015 yakunlari

Bu yil O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Frankofoniya bayrami katta muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Bayram Buxoro, Samarqand, Navoiy, Qarshi, Farg‘ona, Andijon va Toshkentlik ko‘plab fransuz tili o‘qituvchilari va talabalar tomonidan iliq kutib olindi.

Jazoyir, Bolgariya, Misr, Fransiya, Gruziya, Chexiya, Ruminiya, Slovakiya, Shveysariya va Ukraina elchixonalari taqdim etgan ko‘rgazmalar, shuningdek bayram doirasida o‘tkazilgan turli tanlovlar yakunlarining e’lon qilinishi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Vestminster universiteti va O‘zbekiston Milliy universitetidan ikkita talaba «Fuqarolar COP21 uchun ! » nomli tanlovida g‘alaba qozonishdi va Fransiyaga sayohat qilish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. Ular joriy yilning iyul oyida Parijdagi Fransiya instituti tomonidan tashkil etiladigan « LabCitoyen » dasturida ishtirok etishadi. Har yili butun dunyodan kelgan yoshlar bu dastur doirasida Fransiyada bo‘lishadi.

Videoklip tanloviga kelsak, ishtirokchilar jo‘natgan ishlarning eng yaxshi qismlarini yiqqan holda bitta umumiy klip yaratildi. O‘zbekistonda fransuz tili ta’limiga bag‘ishlangan mazkur klipni quyidagi havolada tomosha qilishingiz mumkin: www.youtube.com/watch?v=IehuncUni-c&feature=youtu.be

Unutmang: chet tillarni o‘rganish, shu jumladan fransuz tilini o‘rganish, muvaffaqiyat garovidir !

PDF - 14.3 ko
Elchining nutqi
(PDF - 14.3 ko)

publie le 31/03/2015

hautdepage