Frankofoniya 2016 tanlovlari g‘oliblari

Bu yil ham o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar Fransiya elchixonasi Bolgariya, Misr, Gruziya, Chexiya, Ruminiya, Shveysariya va Ukraina kabi Xalqaro Frankofoniya tashlikotiga a’zo davlatlar elchixonalari bilan birgalikda tashkil etgan Frankofoniya bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovlarda katta ishtiyoq bilan ishtirok etishdi.

Quyida tanlovlar g‘oliblari bilan tanishtiramiz:

1. « She’riy otkritka» tanlovi
1-o‘rin: Zahro Aliyeva, Buxoro Davlat universiteti 4-bosqich talabasi.
2-o‘rin: Sarvinoz Risqiboyeva, Parkent tuman 47-maktab 3-sinf o‘quvchisi.
3-o‘rin: Gulnoz Marupova, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi.
4-o‘rin: Dilnoza Abduqosimova, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 3-bosqich talabasi.
5-o‘rin: Madinabonu Vohidova, O‘zbekiston milliy universiteti talabasi.
O‘qituvchi uchun maxsus sovrin: Shohista Xudoyorova, Toshkent shahar 51-maktab o‘qituvchisi.
Jamoa uchun maxsus sovrin: Bo‘stonliq tuman 19-maktab.
Chiroyli bezaklar uchun maxsus sovrin: Sitora Qarshiyeva, Buxoro Davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey 3-bosqich o‘quvchisi.

Otkritkalar va afishalar 15-16-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr festivali munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar teatrida ko‘rgazmaga qo‘yiladi.

2. «Frankofon teatr festivali uchun afisha» tanlovi
1-o‘rin: Muzaffar Yo‘lchiboyev, Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti 4-bosqich talabasi.
2-o‘rin: Dinara Oblanova, Samarqand shahar 43-maktab 8-A sinf o‘quvchisi,
3-o‘rin: Tamila Xodjayeva, Farg‘ona shahar 2-maktab 9-sinf o‘quvchisi.
4-o‘rin: Holisxon Adilova, Bo‘stonliq tuman 19-maktab 7-B sinf o‘quvchisi.
5-o‘rin: Nozima Otabekova, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi.

1er prix
2ème prix
3ème prix
4ème prix
5ème prix

3. «O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganuvchilar uchun videoklip» tanlovi
1-o‘rin: Zahro Aliyeva, Mahbuba Ro‘ziyeva, Gayane Avetisova, «Isteza» fransuz madaniyat markazi, Buxoro.
2-o‘rin: Tatyana Abbasova, Bekzod Obidov, O‘zbekiston milliy universiteti talabalari
3-o‘rin: Elodie-Anne Durand, Vincent Mica, Abdulhamid Muhamedov, Toshkent xalqaro maktabi o‘quvchilari.
4-o‘rin: Shahzod Mamajonov, Timur Mustafin, Boris Jukovskiy, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalari.
«Hazil-mutoyiba» maxsus sovrini: Azizbek Sayidov, Farruh Hakimov, Shahzod To‘raboyev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari.

Videokliplarni tomosha qilish uchun havola.

4. «Fransiyaga bir oylik sayohat» tanlovi
Toshkent Inha universiteti talabasi Nodira Hoshimova va Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti talabasi Samad Annayev mazkur tanlovda ishtirok etishib, 2016-yil iyul oyida Fransiyaga bir oylik yo‘llanma bilan taqdirlanishdi. Ushbu mukofot «Lions club de France» xalqaro frankofon markazlari tomonidan taqdim etildi.

5. «Labcitoyen» tanlovi
Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti talabasi Yayra Sultonova mazkur tanlovda ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yayra Sultonova kelasi iyul oyida Parij shahrida «Labcitoyen» dasturida ishtirok etadi. Ushbu dastur Parij fransuz instituti tomonidan tashkil etilib, unda har yili dunyoning barcha mamlakatlaridan kelgan yoshlar ishtirok etishadi.

publie le 31/03/2016

hautdepage