Frankofoniya 2017: tanlovlar yakunlari [fr] [ru]

Tanlovlarimiz ishtirokchilari va g‘oliblariga tasannolar aytamiz!

G‘oliblar ro‘yxati:

1. «Labcitoyen» tanlovi
«Labcitoyen» tanlovining bu yilgi g‘olibi O‘zbekiston Milliy universiteti 3-bosqich talabasi Zarina Hoshimova Fransiya elchixonasi hamda Parij fransuz instituti tomonidan 2017-yil 2-10-iyul kunlari Labcitoyen dasturi bo‘yicha Fransiyaga sayohatga yo‘llanma bilan taqdirlanadi.
Bu yilgi tanlov sharti quyidagicha bo‘ldi - shaharda inson huquqlari bo‘yicha Yevropa ustavi birinchi moddasini o‘qib chiqing: «Shahar shunday bir ijtimoiy makonki, u shu yerda istiqomat qiluvchi barcha aholiga tegishlidir va bu aholi o‘zining birdamlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi burchlariga rioya qilgan holda siyosiy, ijtimoiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlardan foydalanish huquqlariga ega.»
Shaharda hayot sharoitini yaxshilash uchun qanday choralar ko‘rish mumkin: ijtimoiy uyushganlik, tevarak-atrof muammolari, jamoat transporti, va h.k.?
Kelajakda shaharlarni qanday tasavvur qilasiz?
Ushbu mavzuda 1 soat davomida fikrlaringiz aniq-ravshan bayon etilgan insho yozing.

2. Fransiyaga bir oylik sayohat tanlovi
Ushbu tanlov g‘oliblari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari Yekaterina Kurtova va Gavhar Mirhalilovalar 2017-yil iyul oyida Fransiyadagi 5 ta Xalqaro frankofon markazlardan biriga yo‘llanma bilan taqdirlanishdi. Ushbu tanlov Xalqaro frankofon markazlari ko‘magida tashkil etildi. Batafsil ma’lumotlar uchun: www.amicif.fr
Bu yilgi tanlov sharti quyidagicha bo‘ldi: «Sayohatlar – tinchlik pasporti»
Ushbu shiorni qanday tushunasiz? Bunga sizning fikringiz qanday?
Bu mavzuda 45 minut davomida fikrlaringiz aniq-ravshan bayon etilgan insho yozing

3. «Yana, fransuzcha ham gapiraman!» mavzusida fototanlov
1-o‘rin – Farg‘ona Davlat universiteti 4-bosqich talabasi Oybek Ortiqov
2-o‘rin – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 20-son o‘rta maktab 5-sinf o‘quvchisi Sevinch Qo‘shayeva
3-o‘rin – Isteza madaniyat markazi o‘quvchisi Sevil Hikmatova (Buxoro)
3-o‘rin – Samarqand shahar 43-son o‘rta maktab 3-sinf o‘quvchisi Muhammadjon Yoqubov

4. «Frankofoniya 2017: Ha, fransuz tilida gapiraman!» mavzusida videoklip tanlovi
Tanlovda ishtirok etgan 32 ta videoklipni umumlashtirib, O‘zbekistonda fransuz tilini targ‘ib etish uchun ishlangan umumiy videoklipni e’tiboringizga havola qilamiz.
1-o‘rin – Toshkent tekstil va yengil sanoat instituti 2-bosqich talabasi va Toshkent fransuz alyansi o‘quvchisi Azizbek Olimov
2-o‘rin – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani 19-son o‘rta maktab o‘quvchilari Jahongir Risqimov, Aziza Yo‘ldosheva, Shahriyor Omonov
3-o‘rin – O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi Gulnoz Marupova
4-o‘rin – O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Tatyana Abbasova
Topqirligi uchun maxsus sovrin – Urganch Davlat universiteti talabalari Mo‘tabar Navro‘zova, Mohira Bog‘iyeva, Qutlibika Masharipova
O‘smirlar uchun maxsus sovrin – Toshkent fransuz alyansi o‘quvchisi Nozima Hojimatova (12 yosh)

Videolarni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

5. «Frankofon teatr va ashula festivali uchun afisha» tanlovi
1-o‘rin – Toshkent shahar 43-son o‘rta maktab 8-sinf o‘quvchisi Muhsina Zokirova
2-o‘rin – O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 3-bosqich talabasi Vazira Faxriddinova
3-o‘rin – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2-bosqich talabasi Yekaterina Kurtova

publie le 27/03/2017

hautdepage